NamMQI rektori Toshkentdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
Toshkentdagi “Renessans-xoll” zalida “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini transformatsiya qilish, taʼlim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiyasi boshlandi.
Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida oʻtkazilayotgan mazkur konferensiya taʼlim sifatini oshirish strategiyalari, raqamli transformatsiya, taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik va tajriba almashish, davrga mos kadrlarni tayyorlash va kasbiy taʼlimni rivojlantirish, taʼlim tizimidagi islohotlar va xalqaro tajribaga bagʻishlangan boʻlib, unda xorijiy universitetlar vakillari hamda mutaxassislari ham qatnashmoqda.
Ushbu nufuzli konferensiyada NamMQI rektori Sharifjon Ergashev, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Qahramon Inoyaov va xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Islomjon Ergashev ham ishtirok etmoqda.