O‘zbekiston-Qirg‘iziston rektorlari forumining yalpi majlisi boshlandi
Avval xabar berganimizdek, Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi Qirg‘iz-O‘zbek universitetida «Oliy ta'lim tizimida integratsiya, hamkorlik va innovasiyalar» mavzusidagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy ta'lim muassasalari rektorlarining I-xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun forumning yalpi majlisida Qirg‘iziston davlat kotibi Suyunbek Kasmambetov, Qirg‘iziston fan va ta'lim vazirining o‘rinbosari Ulanbek Usekov, O‘zbekiston oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimovning chiqishlari tinglanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu forumda Namangan muhandislik-qurilish instituti rektoriSharifjon Ergashev ham ishtirok etmoqda.