NamMQI rektori Nukusda «Yashil kelajak» respublika marafonida ishtirok etdi
Nukusda oliy ta’lim muassasalari ishtirokidagi «Yashil kelajak» umumrespublika marafoni bo‘lib o‘tdi.
Marafon ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, hududiy boshqarmalar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 1500 nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar bevosita ishtirok etgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida respublikamizning 14 hududidagi studiyalardan turib barcha kasbiy va oliy ta’lim muassasalari jamoalari onlayn qatnashdi.
Jumladan, ushbu marafonda Nukus shahrida Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev va institut talabalari bevosita ishtirok etdi.
Marafon doirasida Nukus shahridagi 8 gektar yer maydoniga ega «Ziyolilar bog‘i»da 3000 tup, respublikaning 14 ta hududidagi barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga ajratilgan yer maydonida qariyb 100 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi.