NamMQI rektori institutning Uychi tumanidagi talabalar turar-joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
NamMQI rektori Sharifboy Ergashev institutning Uychi tumanida joylashgan 7-binosida boʼlib, bu yerda talabalar turar-joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.Talabalar bilan muloqot chogʼida ularning oʼqishi va boʼsh vaqtini qanday oʼtkazayotganlari bilan qiziqdi, oshxona va boshqa maishiy obʼektlardagi holat oʼrganildi. Shuningdek, 7-bino hududidagi obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlari koʼzdan kechirildi. "Yashil makon" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan yumushlar tahlil qilindi. Rektorga Qurilish fakulьteti dekani Sobirjon Razzoqov hamrohlik qildi.
NamMQI media markazi