NamMQI qizlar jamoasi e'tirof etildi
Namangan shahridagi Yoshlar markazida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan yoshlar o‘rtasida o‘zbek milliy liboslarini targ‘ib etish maqsadida "MILLIY LIBOSLAR" festivali tashkil etildi.
Hunarmandlar uyushmasi, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, Namangan davlat universiteti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan-texnologiya instituti, "Ishga marhamat" monomarkazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan festivalni viloyat hokimining o‘rinbosari Dinara Yakubova boshchiligidagi mutasaddilar kuzatib bordi.
Yakunda iqtidor egalari Oila va xotin-qizlar boshqarmasining esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Namangan muhandislik-qurilish instituti qizlar jamoasining chiqishlari esa alohida e'tirof etildi.