• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI prorektorining talabalarni joylashtirish masalalari bo‘yicha hisoboti tinglandi

Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi hududiy boshqarmasida viloyatdagi OTMlar talabalarini turar-joy va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar  yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Namangan muhandislik-qurilish instituti birinchi prorektori Odiljon Jakbarovning hisoboti ham tinglandi.

Hisobotda qayd etilishicha, institut talabalarini turar-joy bilan ta'minlash bo‘yicha 1100 o‘rinli TTJ shay holatga keltirilgan.

Shuningdek, 1848 nafar talabani joylashtirish uchun ijara xonadonlari ro‘yxati shakllantirilib, mas'ullar belgilangan.

Ayni paytda institutning 1000 o‘rinli talabalar turar-joyi qurilishi ham jadal olib borilmoqda. Ushbu bino joriy yil yakuniga qadar qurib bitkazilishi ko‘zda tutilgan.

  • Share :