NamMQI prorektori yevroittifoqning mas'ul xodimi bilan muzokaralar olib bordi
Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘lib o‘tayotgan “Bilimlarni tijoratlashtirishda yevropa tajribasi” xalqaro anjumani doirasidagi seminar-treningda yevroittifoqning O‘zbekistondagi mas'ul xodimi Kris Kendall ham ishtirok etdi.
NamMQI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qahramon Inoyatov Kris Kendall bilan muhokamalar davomida institutning 2030 yilgacha bo‘lgan taraqqiyot strategiyasi yevropa hamjamiyati imkoniyatlaridan foydalanish masalalarini birgalikda ko‘rib chiqdi.
Bu jarayonda O‘zbekiston va yevropa OTMlarining o‘zaro hamkorlik loyihalariga alohida e'tibor qaratildi.