NamMQI professorlari “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Prezident Farmoniga muvofiq ta'sis etilgan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi hamyurtlarimiz taqdirlanishi belgilangan.
Namangan shahridagi “Ma'rifat” maskanida O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi raisi Sodiqjon Turdiev, jamg‘armaning viloyat bo‘limi raisi Ikromxon Najmiddinov, viloyat hokimining o‘rinbosarlari Akramjon Abduhamidov va Dinara Yakubovalar ishtirokidagi tadbirda bir guruh faollarga ana shu nishon topshirildi.
Quvonchli tomoni, ular safida Namangan muhandislik-qurilish instituti professor-o‘qituvchilaridan Sherzod Abdurahmonov, G‘ofirjon G‘ulomov va Yusufjon Oppoqovlar ham bor.
Ustozlarimizni ushbu yuksak e'tibor va e'tirof bilan tabriklaymiz!
NamMQI media markazi