NamMQI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qahramon Inoyatov institut qabul komissiyasi a'zolari bilan uchrashdi
Muloqot davomida joriy yil 20 iyundan boshlanadigan qabul jarayonlariga tayyorgarlik, komissiya a'zolarining funksional vazifalari, ish taqsimoti, abiturientlar bilan ishlash, hujjatlarni qabul qilish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ushbu qabul mavsumida joriy etilayotgan yangiliklar va ularni institut miqyosida amalga oshirilishi muhokama etildi.
Tadbirda institut korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi vakillari ishtirok etdi.
NamMQI media markazi