• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI o‘qituvchisi va talabaning monografiyasi Toshkentda chop etildi

NamMQI Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekan o‘rinbosari Zokirxon Munavvarxonov va Transport fakulteti talabasi Diyorbek Soataliyevlarning “Transport vositalarining ishonchliligi” nomli monografiyasi Toshkentda, “Lesson Press” nashriyotida chop etildi.

Ushbu monografiyada karbyurator va dizelli dvigatellar porshenlarining konstruktiv tuzilishi, ichki yonuv dvigatellari detallarini ishlash holatiga ta'sir etuvchi va  ishonchli ishlashini ta'minlovchi omillar hamda jarayonlar tahlili bayon qilingan.  

Monografiya texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti  talabalari, magistrlar, tayanch doktorantlar va doktorantlar, ilmiy-pedagogik xodimlar va konstruktorlar uchun mo‘ljallangan.

Mazkur monografiya “Dvigatellardagi silindr-porshen guruhining ishlashiga ta'sir etuvchi omillar tahlili” mavzusida bajarilgan dissertasiya natijalari asosida yozildi.

  • Share :