• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI olimlari Qirgʻizistondagi xalqaro anjumanda maʼruza bilan ishtirok etdi

Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda joylashgan Xalqaro innovatsion texnologiyalar universitetida  “Zilzilabardosh qurilish” boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

Konferensiya ishida Namangan muhandislik-qurilish instituti olimlari professor Sobirjon Razzaqov va dotsent Baxtiyor Joʻrayev “Konstruksionnaya prochnost i seysmostoykost kirpichnыx zdaniy pri seysmicheskix vozdeystviyax” mavzusidagi maʼruzalari bilan  bugungi anjumanda onlayn chiqish qildi.

Maʼruzada taqdim qilingan ilmiy natijalar konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi va savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

Xalqaro konferensiya ishi davom etmoqda va unda dunyoning koʻplab mamlakatlarining olimlari ishtirok etmoqda.

  • Share :