NamMQI “Olima ayollar kengashi” raisi Ozoda Abdullayeva
Ozoda Abdullayeva 1987-yili Namangan shahrida tugʻilgan. 2008-yil Namangan muhandislik-pedagogika instituti bakalavriati, 2010-yili magistraturasi, 2013-yilda esa NamDU doktoranturasini tamomlagan. Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori.
Mehnat faoliyatini 2010-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutida assistentlikdan boshlagan. 2017—2022-yillarda katta oʻqituvchi, dotsent vazifalarida ishlagan. 2022-yilda professor lavozimiga oʻtkazilgan.
Hozirgi kungacha jami 150 tadan ortiq ilmiy ishi, jumladan, 9 ta monografiya va 4 ta darsligi chop etilgan. Oxirgi yillardagi 64 ta ilmiy ishidan 40 tasi xorijiy nashrlarda eʼlon qilingan.
“Oʻzbekiston ayollarning 100 ta eng innovatsion loyihasi”, “Yil ayoli” kabi koʻplab tanlovlar gʻolibasi.
Ozoda Abdullayeva institut “Olima ayollar kengashi”ning joriy yil 13-fevral kuni boʻlib oʻtgan taʼsis yigʻilishida ushbu kengash raisi etib saylandi.