NamMQI Muhandislik kommunikatsiyalari fakultetining ijarada yashovchi talabalari yo‘qlandi
NamMQI Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti dekani Fayzulla Nishonov guruh tyutorlari hamkorligida Furqat mahallasida yashovchi ijarada turuvchi talabalardan xabar oldi. Ularning yashash sharoitlarini o‘rgandi. Talabalar bilan o‘zaro muloqotlar davomida darsdan bo‘sh vaqtlarida fanlar bo‘yicha topshiriq va mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tavsiyalar berildi. Kuz-qish mavsumida maishiy va elektr qurilmalaridan ehtiyot bo‘lib foydalanish haqida ogohlantirildi. Ijara xonadonlar egalari bilan ham suhbat qurilib, ularga talabalarni bag‘rilariga olganlari uchun minnatdorlik bildirildi.