NamMQI media markazi xodimi Zomin mediaforumida ishtirok etmoqda
Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi Navoiy kon-metallurgiya kombinati sanatoriysida "Milliy jurnalistika: an'analar davomiyligi va zamonaviylik" mavzusidagi ikkinchi milliy mediaforum o‘z ishini boshladi.
Anjumanni O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov kirish so‘zi bilan boshlab berdi va barcha ishtirokchilarni qutladi.
Mediaforum davomida nufuzli mahalliy jurnalistlar va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy OAV vakillari ishtirokida yosh jurnalistlar uchun mahorat saboqlari rejalashtirilgan. Treninglardan so‘ng Zomin tumanining diqqatga sazovor manzillariga sayohat, madaniy-ma'rifiy va sport tadbirlari tashkillashtiriladi.
Ma'lumot uchun, mazkur mediaforumda NamMQI media markazi xodimi Jahongir Akramov ham Namangan viloyatidan vakil sifatida ishtirok etmoqda.