NamMQI media markazi xodimi olgan va institut talabasi aks etgan fotolar jahon saytlarida yoritilmoqda
Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bogʻida Oʻzbekistondagi eng baland tomosha charxpalagi oʻrnatilgani va ishga tushirilgani haqidagi yangilik xorijiy OAV eʼtiborini ham tortmoqda.
Xususan, Internetdagi “Medium“ hamda ”LIVEJOURNAL” saytlarida bu haqda ingliz tilida xabarlar berildi.
Maʼlumot uchun, ushbu fotolar NamMQI media markazi xodimi Oqilxon Mamajonov tomonidan olingan boʻlib, undagi doʻppili yigit institut Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti talabasi Asadbek Bekchonov boʻladi.