• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI matbuot kotibi “Konstitusiya—mening taqdirimda” tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Namangan viloyat Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi hamda Fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi viloyat bo‘limi hamkorligida “Konstitusiya va qonun ustuvorligi farovon hayot garovi” loyihasi doirasida “Konstitusiya—mening taqdirimda”  mavzusida jurnalist va blogerlar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda Asosiy Qonunning mazmun-mohiyati, mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati hamda konstitusiyaviy islohotlar haqidagi materiallar ko‘rib chiqildi.

Namangan muhandislik-qurilish instituti matbuot kotibi Azizbek Abduvaliev mazkur tanlovda O‘zbekiston Konstitusiyasiga kiritilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar bo‘yicha materiallari bilan ishtirok etdi va yakunda hakamlar hay'ati tomonidan g‘oliblikka loyiq ko‘rildi. 

Tabriklaymiz!

  • Share :