• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI majlislar zalida «Ogohlik va hushyorlik – davr talabi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Zohidjon Otayev, qo‘mitaning Yangi Namangan tumani bosh mutaxassisi Bahromjon Erkinov, institut rektorining maslahatchisi Anvarjon Nishonboyev, Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-axloqiy tarbiya bo‘limi boshlig‘i Dadaxon Dadaxonov, Muhandislik kommunikasiyalari fakul'tetining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda diniy bilimsizlik oqibatida turli radikal guruhar ta'siriga tushib qolib, kelajagini barbod qilayotgan yoshlarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qiluvchi videolavha namoyish etildi.

Mavzu yuzasidan chiqishlar qilinib, talabalarning savollariga batafsil javoblar berildi.

NamMQI media markazi

  • Share :