NamMQI kafedra mudiri Texnologiyalar va innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining milliy anjumanida ishtirok etdi
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining 1-milliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ning O‘zbekistonda ushbu markazlarni tashkil etish bo‘yicha loyihasining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan anjuman Adliya hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari hamkorligida tashkil etilib, unda oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning negizida tashkil etilgan TIQQMlarning 40 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Ular qatorida NamMQI kafedra mudiri Dilshodbek Abduvahobov ham bor edi.
Tadbir davomida markazlar tomonidan ilmiy-texnik ishlanma va loyihalar natijadorligini oshirish, hududlarda seminar-treninglar o‘tkazish, intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish masalalarini ommalashtirish kabi vazifalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
NamMQI media markazi