• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI jamoasi «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqasida faol ishtirok etdi

Namanganda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab «Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz!» shiori ostida «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa Namangan shahridagi «Grand Sherdor» mehmonxonasi oldidan start oldi. Uning ishtirokchilari yomg‘irli ob-havoga qaramay uch kilometrdan ortiq masofani olqishlar ostida bosib o‘tdi.

Mazkur musobaqada Namangan muhandislik-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari, t'yutorlari va talabalari ham faol ishtirok etdi.

NamMQI media markazi

  • Share :