NamMQI jamoasi “Men tanlagan kasb” mavzusidagi yoshlar saylida koʻrgazma bilan ishtirok etdi
Namangan shahridagi “Uch favvora” xiyobonida maktab bitiruvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun “Men tanlagan kasb” mavzusidagi yoshlar sayli tashkil etildi.
Uning ochilish marosimida viloyat sektorlari, hamkor tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hokimlik, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligidagi “Men tanlagan kasb” mavzusidagi yoshlar sayli har yili anʼanaviy oʻtkazib borilishini taʼkidladi.
Shundan soʻng yoshlar sayli boshlandi. Unda qatnashgan bitiruvchi yigit-qizlar xiyobonda tashkil etilgan koʻrgazmalar bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu tadbirda Namangan muhandislik-qurilish instituti jamoasi ham oliy oʻquv yurti haqida hikoya qiluvchi koʻrgazmasi bilan ishtirok etdi.
NamMQI media markazi