• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI Iqtisodiyot va boshqaruv fakul'tetida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Viloyat  prokuraturasi tashabbusi bilan Yangi Namangan tuman bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan tashkil etilgan yarmarkada tumandagi 23 ta ish beruvchi korxona o‘zlarida mavjud bo‘lgan 324 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Yarmakada 108 nafar bitiruvchiga yo‘llanmalar berildi. Ulardan 3 nafari viloyat “Agrobank”, 20 nafari “Mexmash”, 28 nafari “Nostandart”, 11 nafari “Merrimed farm” MChJlar bilan kelgusida shartnoma tuzish istagini bildirdi. 46 nafar bitiruvchiga esa ishga joylashish borasida huquqiy maslahatlar berildi.  

Mehnat yarmarkasida institut matbuot kotibi Azizbek Abduvaliev, marketing bo‘limi boshlig‘i Otabek Jalolov, fakulьtet dekani Baxtiyor Mullaboev va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

NamMQI media markazi

  • Share :