NamMQI Iqtisodiyot va boshqaruv fakul'tetida buxgalteriyaning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qishlar boshlandi
NamMQI Iqtisodiyot va boshqaruv fakul'tetida auditorlar palatasi bilan hamkorlikda buxgalteriyaning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qishlar boshlandi. Mazkur kursda 35 nafar talaba ishtirok etmoqda.
Mutasaddilarning bildirishicha, kursni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy muddao talabalarning buxgalteriya xalqaro standartlari haqidagi tushunchalarini yanada boyitish, qolaversa, auditorlar bilan hamkorlikni mustahkam yo‘lga qo‘yishdan iborat.
NamMQI media markazi