NamMQI ilmiy kengashi yig‘ilishida ilmiy salohiyatni yanada oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi
NamMQI ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut rektori Sharifboy Ergashev ochdi va olib bordi.
Yig‘ilishda institut ilmiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha 2026 yilgacha bo‘lgan ko‘rsatkichlar muhokama qilindi. Mavzu yuzasidan ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzaev ma'ruza qildi.
Muhokama davomida mazkur ko‘rsatkichlar institut salmog‘i va salohiyatiga yarasha emasligi, bundan yuqori marralarni ko‘zlash imkoniyatlari mavjudligi ta'kidlandi. Maqsadli ko‘rsatkichlarni fakul'tetlar va kafedralar kesimida yana bir bor tanqidiy ko‘rib chiqish zarurligi qayd etildi.
Ilmiy kengash kun tartibidagi yana qator masalalar ham muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
NamMQI media markazi