NamMQI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Muhammadjon Dadamirzaev boshchiligidagi institut delegatsiyasi Hindistonga keldi
Delegatsiya mazkur mamlakatga safarini Xaryana shtatidagi SRM universitetidan boshladi. Mazkur universitet ARWU – Academic Ranking of World Universities reytingida top-1000 talikdan o‘rin olgan.
Ushbu oliy o‘quv yurti tarkibida biotexnologiya, muhandislik, mashinasozlik, qurilish, axborot texnologiyalari, kimyo, mikrobiologiya kabi o‘nlab yo‘nalishlar bo‘lib, ularda Hindistonning turli shtatlari va xorijdan tahsil olish uchun kelgan minglab talabalar tahsil oladi.
Delegatsiyaning universitet faoliyati bilan tanishuvi va muzokaralar ertadan boshlanishi ko‘zda tutilgan.