NamMQI ikkinchi marta Times Higher Education Impact reytingining TOP-1001+ ro‘yxatidan o‘rin egalladi.
Buyuk Britaniyaning eng nufuzli reyting tashkiloti Times Higher Education tomonidan BMT barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha tashkil qilingan Impact Ranking 2023 natijalari e’lon qilindi. Bu yil ushbu reytingda dunyo bo‘yicha 112 ta mamlakat/mintaqadan 1600 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi ishtirok etdi.
Ushbu reytingda Namangan muhandislik-qurilish instituti quyidagi o‘rinlarni egalladi:
• SDG 1 - Kambag‘allikni bartaraf etish - 601-o‘rin;
• SDG 2 - Ochlikka barham berish - 401-o‘rin;
• SDG 3 - Sog‘lik va farovonlik - 1001-o‘rin;
• SDG 4 - Ta'lim sifati - 1001-o‘rin;
• SDG 5 - Gender tengligi - 1001-o‘rin;
• SDG 6 - Toza suv va sanitariya- 601-o‘rin;
• SDG 7 - Qulay va toza energiya - 401-o‘rin;
• SDG 8 - Munosib ish joyi va iqtisodiy o‘sish - 401-o‘rin;
• SDG 9 - Sanoat, innovatsiya va infratuzilma - 601-o‘rin;
• SDG 10 - Tengsizlikni qisqartirish- 601-o‘rin;
• SDG 11 - Barqaror shaharlar va aholi yashash joylari - 401-o‘rin;
• SDG 12 - Mas'uliyatli iste'mol va ishlab chiqarish - 601-o‘rin;
• SDG 13 - Iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish - 601-o‘rin;
• SDG 14 - Suv ostidagi hayot - 401-o‘rin;
• SDG 15 - Yer ustidagi hayot - 401-o‘rin;
• SDG 16 - Tinchlik, adolat va kuchli institutlar- 801-o‘rin;
• SDG 17 - Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi hamkorlik- 1001+ o‘rin.
Reyting metodologiyasiga ko‘ra SDG 17 va yuqori ball to‘plangan 3 ta SDGlarning natijasiga ko‘ra reyting tahlil qilinganligi uchun Namangan muhandislik-qurilish instituti yuqori ballarni qo‘lga kiritgan ( SDG 7 – 41.8 ball, SDG 8 -52.4 ball, SDG 11 -49.5 ball hamda SDG 17- 21.7 ball) yo‘nalishlar orqali o‘zining 2023-yilgi natijasini 112 mamlakat/mintaqadagi universitetlar o‘rtasida ko‘rsatdi va umumiy holda 1001+ o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, 2022-yil davomida NamMQI 6 ta yo'nalish bo'yicha ishtirok etgan va 1001+ o'rin egallagandi.