• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI huzuridagi Akademik litseyda “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Tadbirda viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi yurist maslahatchisi Ilxomjon Karimov, viloyat IIB Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimi Lutfullo Xoliqov, Davlatobod tumani Adliya boʻlimi yuristi Maʼmurjon Baratov, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi Ilhomjon Payziyev, boʻlim bosh mutaxassisi Jobirxon Rizayev, litsey oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirok etdi.

Davra suhbatida maʼruzachilar Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturida belgilangan yoshlar orasida mazkur illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, mamlakatda korrupsiyadan holi jamiyat barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir yakunida oʻquvchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.

NamMQI media markazi 

  • Share :