• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI hududida tamaki mahsulotlari iste'mol qilganlarga jiddiy choralar ko‘rilmoqda

Namangan muhandislik-qurilish instituti binolari va talabalar turar-joylarida tamaki mahsulotlari iste'moliga qarshi jiddiy choralar ko‘rilmoqda. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonuniga asosan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks ish joylari, sog‘liqni saqlash, ta'lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste'mol qilish jarima solinishiga sabab bo‘lishi belgilangan modda bilan to‘ldirilgan. Institutga biriktirilgan inspektorlar tomonidan jamoat joyida tamaki iste'mol qilganlarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.Talabalarimizga bunday zararli  odatdan voz kechish, qolaversa, sog‘liqlari va cho‘ntaklariga ziyon yetkazmaslikni tavsiya qilamiz. Aks holda chora ko‘rilgan va bayonnomalar to‘ldirilgan shaxslar qatoridan kelgusi gal siz ham o‘rin olishingiz mumkin.

 

NamMQI media markazi

  • Share :