• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI dotsentininng darslik va oʻquv qoʻllanmasi chop etildi

Institut Materiallar qarshiligi va mexanika kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Sharofiddin Isaboyevning “Qurilish mexanikasi” (Materiallar qarshiligi) nomli darsligi chop etildi.

Darslik ikki qismdan iborat boʻlib, ikkinchi qismi dotsent Xorisboy Alimov bilan hammualliflikda tayyorlangan.

Ushbu darslik oliy oʻquv yurtlarining texnika va qurilish yoʻnalishlari talabalari uchun moʻljallangan. Unda nazariy maʼlumotlar bilan birga amaliy ahamiyatga ega boʻlgan jihatlar ham qamrab olingan.

Sharofiddin Isaboyev tomonidan “Materiallar qarshiligi fanidan misol va masalalar toʻplami” oʻquv qoʻllanmasi ham nashr etildi. Qoʻllanmadan talabalar ushbu fan boʻyicha ustozlar koʻmagida va mustaqil yechishi mumkin boʻlgan misol va masalalar oʻrin olgan.

Darslik va oʻquv qoʻllanmasi QR-kodlar bilan taʼminlangani ularning yoshlarga tezroq yetib borishi uchun xizmat qiladi.

NamMQI media markazi

  • Share :