NamMQI dotsenti va talabaning monografiyasi Toshkentda chop etildi
NamMQI dotsenti va talabaning monografiyasi Toshkentda chop etildi Transport vositalari muhandisligi kafedrasi mudiri, dotsent Zokirxon Munavvarxonov va Transport fakulteti talabasi Diyorbek Soataliyevlarning “Transport tirbandliklari hosil boʻlish ehtimolligini hisobga olib yuk avtomobillarini ekspluatatsion samaradorligini oshirish” nomli monografiyasi Toshkentda chop etildi. Monografiya texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari, magistrlar, tayanch doktorantlar va doktorantlar, ilmiy-pedagogik xodimlar va konstruktorlar uchun mo‘ljallangan. Mazkur monografiyada transport tirbandliklarini oldini olishga qaratilgan ilmiy yangiliklar, Namangan viloyati transport oqimi, harakat intensivligi va ularni tartibga solishga qaratilgan qator takliflar yoritilgan. Mualliflarni ilmiy yutuqlari bilan tabriklaymiz!