• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI dotsenti Toshkentda dual taʼlim boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi

NamMQI dotsenti Toshkentda dual taʼlim boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi

Vladimir Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodida Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda texnologik mashinalar va jihozlar, mashinasozlik va metallarga ishlov berish, payvandlash texnologiyasi va jihozlari taʼlim yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlaydigan OTM professor-oʻqituvchilari uchun ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.

Unda institut “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri Xurshid Abdulxayev ham ishtirok etdi.

Seminar davomida mashinasozlik va metallarga ishlov berish, quvur ishlab chiqarish sanoati uchun muhandis kadrlar tayyorlash, bunda dual taʼlimning tutajak oʻrni haqida soʻz bordi.

Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi  Oʻzbekistonda sanoat sohasidagi ilgʻor korxonalardan sanaladi. Tadbir doirasida  zavodning payvandlash, metallarga bosim bilan ishlov berish hamda metallurgiya sexlarida olib borilayotgan faoliyat va dual taʼlim uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.

  • Share :