NamMQI delegatsiyasi Polshaning Kalish akademiyasiga keldi
Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev boshchiligidagi delegatsiya Polshaning prezident Stanislav Voytsexovskiy nomidagi Kalish akademiyasiga keldi.
Kalish akademiyasi Polshadagi nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan bo‘lib, bu yerda mexanika va mashinasozlik, qurilish, informatika, elektrotexnika kabi o‘nlab yo‘nalishlarda minglab talaba tahsil oladi.
Ushbu safar yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirildi.
Delegatsiya a'zolari mazkur akademiya rektori Andjey Voytila bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
NamMQI vakillarining Polshaga safari davom etmoqda.