NamMQI delegatsiyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Muhandislik maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 15 oktyabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishgan va bu yerda olib borilayotgan ishlarga yuksak baho bergan edi.
21 oktyabr kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev boshchiligidagi mutasaddilar Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bo‘lib, Muhandislik maktabida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Maktab mutasaddilari bu yerda yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or tajribalar haqida batafsil hikoya qildi.
Shuningdek, NamMQI delegatsiyasi “Qalmoqqir” kon boshqarmasi va “Yoshlik-1” konida ham bo‘lib, ularda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Safar davomida NamMQI va Olmaliq Muhandislik maktabi o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatish, professor-o‘qituvchilar va talabalarni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishtirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.