NamMQI delegasiyasi Naberejnie Chelni instituti rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi
NamMQI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qahramon Inoyatov boshchiligidagi delegasiya Qozon federal universiteti Naberejnie Chelni instituti rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki institut o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichlarda davom ettirish, kafedralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali ilmiy- o‘quv yo‘nalishlarida amaliy ishlarni olib borish borasida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, akademik lisey uchun xorijiy o‘qituvchilarni jalb etish bo‘yicha muzokara olib borildi. Professor-o‘qituvchilarni akademik almashuvini yo‘lga qo‘yish masalasi alohida muhokamaga sabab bo‘ldi.
Uchrashuv yakunida 2023 yil uchun aniq maqsadli yo‘l xaritasi ishlab chiqish maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi.