NamMQI delegasiyasi Lomonosov nomidagi Severniy (Artik) federal universitetiga keldi
Muhandislik kommunikasiyalari dekani Fayzullo Nishonov boshchiligidagi NamMQI delegasiyasi Lomonosov nomidagi Severniy (Artik) federal universitetiga keldi.
Ushbu universitet Rossiyaning Arxangel'sk shahrida joylashgan bo‘lib, muhandislik, qurilish, geologiya, arxitektura, dizayn, transport, nanotexnologiya, bionika va biofizika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha yetakchi oliy o‘quv yurti hisoblanadi.
Delegasiya a'zolarini universitet Oliy muhandislik maktabi direktori kutib oldi. Ular universitetning moddiy-texnika bazasi, ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishtirildi.
Universitet rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Konstantin Zaykov, ta'lim bo‘yicha prorektor Lyudmila Morozova mehmonlarni qutlab, safar muvaffaqiyatli o‘tishiga tilak bildirdi. Amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun, Lomonosov nomidagi universitet va NamMQI o‘rtasida uzviy aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, 2022 yili ikki oliy o‘quv yurti rahbarlari hamkorlik memorandumini ham imzolangan.