NamMQI akademik liseyi hamda «Namangan international school» hamkorligida «Turk dunyosining madaniyati hamda taomlari» nomli xalqaro festival' bo‘lib o‘tdi
Tadbir avvalida turk va o‘zbek adabiyoti namoyondalari, ularning hayoti va ijodi, bir-biriga uyg‘un taraflari haqida lisey ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi M.Isaqova seminar tarzida tushunchalar berdi.
Shundan so‘ng har ikki ta'lim muassasasi o‘quvchilari qardosh davlat bo‘lgan Turkiya madaniyati, milliy taomlari, liboslari, urf-odatlari aks etgan ko‘rgazmalar va chiqishlarni namoyish etdi.
Festival' ushbu tadbirga kelgan ijodkorlar, mehmonlar, o‘quvchilarning ota-onalarida katta taassurot qoldirdi.
NamMQI media markazi