Namangan shahridagi “Maʼrifat maskani”da “Bobur va Axsikent” deb nomlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi
Viloyat hokimligi va “Axsikent” xalqaro ilmiy-tadqiqot jamoat birlashmasi hamkorligida tashkillangan tadbirda “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi raisi, senator Ikromxon Najmiddinov, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Musoxon Oppoqov, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Faxriddin Yoʻldoshev, Turon akademiyasi prezidenti Haydarbek Bobobekov, professorlar Neʼmatjon Otajonov, Mirmahmud Mirsaydullayev, tarix fanlari nomzodi, dotsent Tohirjon Qozoqovning Axsikent zaminida tugʻilib-oʻsgan buyuk shoir va sarkarda shaxsiyati, faoliyati haqidagi maʼruzalari tinglandi.
Ilmiy-amaliy anjumanda NamMQI vakillari ham faol ishtirok etdi.
NamMQI media markazi