Namangan shahridagi maktablar bitiruvchilari institut bilan tanishdi
Sanoatni axborotlashtirish fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchisi Kamoliddin Xoʻjayev tashabbusi bilan Namangan shahridagi 6 va 12-sonli umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari institut bilan tanishdi.
Dastlab ularga oliy oʻquv yurti haqida batafsil maʼlumot berildi. Videoroliklar namoyish etildi, bukletlar tarqatildi.
Oʻquvchilar institut laboratoriyalari, auditoriyalari, kutubxonasi, axborot texnologiyalari markazi bilan tanishdi. Kompyuterlarda ishlab koʻrdi.
Institut axborot-resurs markazida Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi Oyshaxon Qodirova bilan muloqot boʻlib oʻtdi.
Institutga kelgan yoshlarning aksariyati taassurotlari bilan oʻrtoqlashib, kelgusida oʻqishni aynan shu yerda davom ettirish istagida ekanliklarini bildirdi.