• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan shahrida musiqali va rang-barang chiroqli bayram archasi ochildi

Namangan shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbekistonda o‘xshashi bo‘lmagan 29 metr balandlikdagi viloyatning bosh archasi ochildi.

Ushbu archani 60 ming dona 7 xil rangda yonuvchi musiqali va rang-barang chiroqlar bezab turibdi.

Bayram tadbirlarini ko‘tarinki ruxda o‘tkazish maqsadida madaniyat xodimlari tomonidan bayram qo‘shiqlari va qiziqarli chiqishlari bilan barcha mehmonlarga xush kayfiyat ulashmoqda.

Barcha Namangan ahli va mehmonlarni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan qutlab, bayram tadbirlariga taklif etamiz!

  • Share :