Namangan muhandislik-qurilish institutiga O‘sh davlat texnologiya va Batken davlat universitetlarining bir guruh professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdi
Dastlab mehmonlar institutdagi o‘quv-laboratoriya xonalari, “Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi” hamda “Umumtexnik fanlar” kafedralarida olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng materiallar qarshiligi, nazariy mexanika, mashina detallari hamda mashina va mexanizmlar nazariyasi fanlaridan ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tib berishdi.
Ushbu ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarda NamMQI professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etib, hamkasblarining darslarini kuzatib borishdi.
Tashrif buyurgan mehmonlarga institut tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.