Namangan muhandislik-qurilish institutida “Yangi O‘zbekiston – inson huquqlari” umummilliy darsi o‘tkazildi
NamMQI media markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan darsga Oliy Majlis huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) ning viloyatdagi mintaqaviy vakili Jahongir Valiev, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari Muhammadali Ubaydullaev va jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi xodimi Jasurbek Normirzaev taklif etildi.
Ma'ruzachilar deklaratsiyaning qabul qilinish tarixi, asosiy tamoyillari, ushbu sanani munosib nishonlash maqsadida Prezident farmoni qabul qilingani, farmonga muvofiq dekabr oyining birinchi o‘n kunligi mamlakatimizda «Inson huquqlari» o‘n kunligi sifatida e'lon qilinganligini ta'kidlab o‘tdi.
Sanoatni axborotlashtirish fakulteti talabalari ekspertlarga mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
NamMQI media markazi