Namangan muhandislik-qurilish institutida oliy o‘quv yurtiga biriktirilgan texnikumlar direktorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Tadbirni institut rektori ochdi va olib bordi.
Rektor o‘z chiqishida kasb-hunar maktablari o‘rnida texnikumlar tashkil etilishi bilan bog‘liq jarayonlarga to‘xtalib, bu boradagi asosiy maqsad va vazifalarga to‘xtaldi.
16 ta texnikumning har biriga institut tarkibidagi fakultetlar dekanlari biriktirilishi, kelgusi o‘quv yiliga qadar ushbu tizim to‘laqonli shakllanishi zarurligi ta’kidlandi.
Institut mutasaddilariga texnikumlarga o‘quv-uslubiy ishlarda ko‘maklashish, adabiyotlar bilan ta’minlash, professor-o‘qituvchilarni mahorat darslariga yuborish, o‘quvchilarni auditoriyalar va laboratoriyalar bilan tanishtirish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.