Namangan muhandislik-qurilish institutida «Innoweek.uz.2023» xalqaro innovasion g‘oyalar haftaligi doirasida “Kreativ ta'lim kongressi” tadbirlari boshlandi
Unda institut rektori, prorektorlar, dekanlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.
Kongressda professor-o‘qituvchilarning mavzuga doir taqdimotlari tinglanmoqda. Jumladan, “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasi dosenti Sharofiddin Isaboev «Kreativ ta'lim va innovasiyalar—Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi» mavzusidagi taqdimoti bilan chiqish qilmoqda.
NamMQI media markazi