• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish institutida “Fargʻona vodiysida xavfsiz harakatlanishni taʼminlash: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi

Anjumanni Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxoʻjayev va institut rektori Sharifjon Ergashev ochib berdi.

Yoʻl harakati xavfsizligi muammolarini oʻrganish markazi rahbari Mashrab Razzoqovning taʼkidlashicha, respublikada 2023-yilda roʻy bergan yoʻl-transport hodisalarining uchdan bir qismi Fargʻona vodiysi viloyatlariga toʻgʻri kelmoqda. Shu raqamning oʻzi konferensiya mavzusi nechogʻli dolzarb ekanligini koʻrsatib bermoqda.

Konferensiya davomida Simetra kompaniyasi direktori Kristian Byotger, Toshkent transport universiteti professori Anvar Nazarov, Oʻsh davlat texnologiya universiteti professori Sotvoldi Duyshoyev, Qozon federal universiteti dotsenti Eduard Muhametdinov va boshqalarning chiqishlari tinglandi.

Ishtirokchilar viloyatda tashkil etilgan imtihon markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

NamMQI media markazi 

  • Share :