Namangan muhandislik–qurilish institutida 9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkazilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, talabalar va tyutorlar ishtirok etdi.
Tadbirda institut komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Jobirxon Rizaev hamda viloyat IIB Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakili, mayor Ahrorbek Nodirovning ta'lim tizimida korrupsiyaning oldini olishga oid ma'ruzalari tinglandi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilari uchun “Korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi” deb nomlangan videorolik namoyish etildi.
NamMQI media markazi