Namangan muhandislik-qurilish institutida 9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Institut komplaens nazorat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda professor-o‘qituvchi va tyutorlar hamda Muhandislik kommunikatsiyalar fakulteti talabalari ishtirok etdi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi surishtiruv bo‘limi surishtiruvchisi, adliya maslahatchisi Baxtiyor Hojiev, komplaens nazorat bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Payziev, institut yurist-maslahatchisi Azamat Ikramov muloqot davomida mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy ta'lim tizimida, xususan, institutda bu illatning oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida so‘z yuritdi.
Tadbir talabalar bilan mavzu yuzasidan savol-javoblar bilan yakuniga yetdi.