Namangan muhandislik-qurilish institutida 8 dekabr — Konstitutsiya qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Tadbirni institut rektori Sharifjon Ergashev ochib berdi va professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalarni kirib kelayotgan qutlug‘ sana bilan tabrikladi.
Viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ahrorbek Fayzullaev yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, kiritilgan o‘zgarishlar ahamiyati haqida ma'ruza qildi.
Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Musoxon Oppoqov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Ziyovuddin Mansurov institut jamoasini bayram bilan qutlab, o‘zlarining eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Tadbir davomida “Yil talabasi-2023” tanlovining institut bosqichi hamda “Konstitutsiya bilimdonlari” tanlovi g‘oliblariga diplom, tashakkurnoma va Asosiy Qonun kitobi topshirildi.
Tadbir Vatanni madh etuvchi taronalar bilan yakunlandi.
NamMQI media markazi