Namangan muhandislik-qurilish institutida 3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlangan motivasion tadbir bo‘lib o‘tdi
Institut psixologi Murodjon Nurqulov tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirga paraolimpiadachi sportchilar Ozoda Olimova, Gulyuz Ne'matullaeva, Muslimbek Mutavaliev, Abbosxon Rahimjonov taklif etildi.
Sportchilar talabalarga erishgan natijalari, bu yo‘lda chekilgan mashaqqatlar va qozonilgan muvaffaqiyatlar haqida so‘zlab berdi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi.
Namangan shahridagi monomarkaz psixologlari Murodjon Jabborov va Ra'no Maqsudova talabalar uchun o‘ziga xos motivasion trening o‘tib berdi. Treningda qiyinchiliklarni yengib o‘tish va ko‘zlangan marralarga erishish usullari haqida so‘z bordi.
NamMQI media markazi