• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish institutida 18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbir davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Unda so‘z olgan institut rektori Sharifboy Ergashev bayroq gerb va madhiya kabi davlatning mustaqillik ramzlaridan biri, uni asrab-avaylash esa har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligini ta'kidladi. 

Turli muhim anjumanlar yoki yirik sport musobaqalarida g‘olib va sovrindorlar sharafiga davlat bayrog‘i ko‘tarilishi odat tusiga kirgan. Xorijiy davlatlarda erishgan muvaffaqiyat va yutuqlari sabab O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilayotganlar qatorida institutimiz talabalari ham borligidan faxrlanaman. Ular safidan sizlar ham o‘rin olishingizga tilakdoshman, — dedi rektor o‘z chiqishida. 

Tadbirda institut o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Xurshida O‘rinboeva, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabasi Shahzoda G‘ulomjonovaning davlat bayrog‘i tarixi haqidagi ma'ruzasi va bayroqni madh etuvchi she'rlari yangradi.

NamMQI media markazi

  • Share :