• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

ATT kafedrasi professor o'qituvchilari 18-sonli va 30-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablariga hamkorlik tashrifi

Namangan muhandislik-qurilish instituti "Sanoatni axborotlashtirish" fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi dotsentlari M.To‘xtasinov va U.Goyipovlar Yangiqo‘rg‘on tumanidagi chegara hududda joylashgan 18-sonli va 30-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablariga oliy ta’lim muassasalari va maktablar hamkorligi doirasida targ‘ibot ishlari olib borish maqsadida tashrif buyurdilar. Ushbu maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan oliy ta’lim tizimi hamda Namangan muhandislik-qurilish instituti haqida, instututdagi ta’lim yo'nalishlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat stipendiatlari haqida ma'lumotlar berildi. 
Davra suhbati davomida qiziqarli savob-javoblar tashkil etildi hamda maktab bitiruvchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Targ'ibot ishlari maktablarning bitiruvchi yoshlariga institut haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lishlariga juda katta yordam berdi va  ulardagi ijobiy fikrlarni yanada oshirdi.

  • Share :