Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalar turar-joyida qizlar o‘rtasida “Eng mohir pazanda” tanlovi bo‘lib o‘tdi
Tanlovni institut xotin-qizlar kengashi raisi Sohiba Otamirzaeva ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.
Talaba-qizlar nafaqat salatlar tayyorlash bo‘yicha iqtidorlarini namoyish etdi, balki taomlar bo‘yicha qiziqarli savollarga tezkorlik bilan javoblar berishlariga ham to‘g‘ri keldi.
Yakunda tanlov g‘oliblari va sovrindorlari darajali diplomlar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
NamMQI media markazi